“Real”da jiddiy yo‘qotish

  • 18 dekabr, 2023, 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning universal himoyachisi David Alaba Ispaniya chempionatining 17-turida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati og‘ir bo‘lib chiqdi.

Tecno

“Qirollik klubi” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar natijasida avstriyalik futbolchining chap tizzasi bog‘lamlari yirtilgan. Yaqin kunlar ichida tajribali o‘yinchi jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazadi.

E’tiborli jihati shundaki, David Alaba joriy mavsumda tizzasidan xuddi shunday jarohat olgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Eder Militao uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

David Alaba madridliklar safida 2021 yilning yozidan beri to‘p tepmoqda. Bungacha mohi himoyachi bir necha mavsum davomida “Bavariya” sharafini himoya qilib, qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!