“Real”da futbolni tashlab yuborishimga bir bahya qoldi

  • 25 iyun, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda “Yuventus” o‘yinchisi hisoblangan braziliyalik Danilo “Real”da o‘ynagan davrida o‘zi duch kelgan qiyinchilik haqida gapirib berdi.

Tecno

- “Real”dagi debyut mavsumimda ancha ezilib qoldim. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim va foydasizdek his qildim. O‘yinda besh metrga ham pas bera olmasdim. Maydondan tashqarida esa, harakatlanishim ham qiyin edi.

Futbolga bo‘lgan ishtiyoq o‘ldi, bu holatdan chiqish yo‘lini topa olmadim. Braziliyaga qaytib, boshqa futbol o‘ynamaymaslik qaroriga kelib bo‘lgandim.

O‘z kundaligimga “Futbolni tashlash vaqti keldi, Atigi 24 yoshdaman”, deb yozib qo‘ygan ekanman, - dedi Danilo.

Braziliyalik yarim himoyachi 2015-2017 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilib, barcha turnirlarda 56 ta uchrashuv o‘tkazgan, uchta gol va 9 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!