“Real” yulduzini Italiyada kutishyapti

  • 10 dekabr, 2022, 19:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi rahbariyati jamoaning quyi ligaga tushirib yuborilishi xavfiga qaramay, tarkibni kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda.

Tecno

El Nacional nashrining xabar berishicha, turinliklar “Real”ning tajribali yarim himoyachisi Toni Kroosni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Germaniyalik jahon chempionining madridliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. “Yuventus” rahbariyati bu o‘yinchi jamoaga tajriba va sifat olib kirishiga ishonmoqda.

Shunga qaramay, Turin klubiga Kroosni olish oson bo‘lmaydi. Chunki 32 yoshli futbolchi “Real” bilan shartnoma uzaytirilmasa, faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!