“Real” yulduzi o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 14 may, 2022, 22:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” pleymeykeri Isko mavsum davomida o‘ziga etarli darajada o‘yin vaqti berilmaganidan norozi bo‘lmoqda va yozda boshqa jamoaga o‘tishga qaror qilgan.

Tecno

Todofichajes nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachi “Sevilya”ga o‘tib ketadigan bo‘ldi.

Isko andalusiyaliklarga tekinga tushadi. Chunki futbolchining amaldagi shartnomasi bir oydan keyin yakunlanmoqda va tomonlar hamkorlikni uzaytirmaydi.

Bu transfer Chempionlar ligasi finalidan keyin rasman e’lon qilinadi.

Isko aslida “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini “Malaga”da boshlaganidan keyin 2013 yili “Real”ga o‘tib ketgan.

Madriddagi so‘nggi mavsumida tajribali futbolchi jami 16 ta o‘yinda ikkita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!