
"Real" yulduzi kubok yutganiga qaramay ketmoqchi
Madridning "Real" yarim himoyachisi Eden Azar klubdan ketishni istamoqda. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning qaroriga jamoadagi pozitsiyasi ta’sir qilgan. Eden anchadan beri asosiy tarkibda maydonga tushmayapti. Shu bois, qishdayoq ketishni niyat qilgan.
Madridliklarning tibbiy shtabi Azarga mushaklarini qaytadan operatsiya qilishni maslahat bergan. Ammo "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres uni yana uzoq muddatga to‘xtatishni xohlamayapti. Boisi, klub rahbari belgiyalik futbolchini qimmatroqqa sotmoqchi.
Joriy mavsum 31 yoshli vinger 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 assist muallifiga aylandi. U 2019 yilning yozida "Chelsi"dan "Real"ga 150 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Bir necha kun avval u "qirollik klubi" bilan Ispaniya Superkubogiga ega chiqdi.
Fikrlar