
"Real" yulduzi faqat bitta shart bilan "Manchester Siti"ga o‘tadi
"Manchester Siti" "Real" va Braziliya terma jamoasi vingeri Rodrigo Goesga qiziqishda davom etmoqda. Ammo endi braziliyalik futbolchi "shaharliklar" safiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan shart ma’lum bo‘ldi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning o‘z ijtimoiy tarmoqlarida yozishicha, "Manchester Siti" Rodrigoni faqatgina boshqa bir braziliyalik futbolchi Savio jamoani tark etsagina sotib oladi. Hozirda "shaharliklar" Savioni "Tottenxem"ga sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq hali kelishuvga erishilmagan.
Avvalroq OAVda agar Rodrigo ketishni istasa, "Real" vinger uchun 100+ mln evro olishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 90 mln evroni tashkil qiladi.
Fikrlar