
"Real" yozgi transferlar oynasini "yondirmoqchi"
"Real" bu qishda hech kimni transfer qilmadi. Madrid klubi, aniqki, yozgi transfer bozorida faol ishlashga hozirlanmoqda. "Transfer News Live" nashrining "AS"ga tayanib xabar berishicha, "qaymoqranglilar" bir vaqtning o‘zida olti nafar futbolchini nishonga olgan.
Bu ro‘yxatda Din Xeysen (19 yosh, "Bornmut"), Migel Guterres (23 yosh, "Jirona"), Florian Virtts (21 yosh, "Baer"), Martin Zubimendi (26 yosh, "Real Sosedad"), Rodri (28 yosh, "Manchester Siti") va Yozua Kimmix (29 yosh, "Bavariya") bor.
Virtts 140 million evroga, Rodri 130 million evroga, Zubimendi 60 million evroga, Kimmix 50 million evroga, Guterres 25 million evroga, Xeysen esa 18 million evroga baholanmoqda. Biroq, madridliklar bu futbolchilardan ba’zilarini erkin agent sifatida o‘z saflariga qo‘shib olishlari mumkin.
Fikrlar