"Real" Yovichning transferini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 16 may, 2019, 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Bundesliganing 34-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt" va "Bavariya" uchrashuvidan so‘ng frankfurtliklar hujumchisi Luka Yovich bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” kelasi hafta rasman bu haqda e’lon qilishni rejalashtirmoqda. “Ayntraxt” esa 21 yoshli serbiyalik futbolchining transferi ortidan 60 mln evro ishlab oladi.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum “Ayntraxt” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 27ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!