"Real" yilni peshqadam sifatida yakunladi

  • 23 dekabr, 2023, 11:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Real Madrid" safarda "Alaves" bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida minimal g‘alabaga erishdi. Yagona golga Lukas Vaskes mualliflik qildi.

Tecno

18-tur yakunlariga ko‘ra, madridliklar 45 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Madrid Xtra" nashri xabariga ko‘ra, bu "qirollik klubi"ning La Ligadagi so‘nggi 12 yildagi eng yaxshi starti bo‘ldi.

Navbatdagi o‘yinda Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida "Malorka"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 3-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!