
"Real" yarim himoyachisi La Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
"Real Madrid"ning "Real Sosedad"da ijarada o‘ynayotgan futbolchisi Martin Edegor La Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Sovrin uchun Edegordan tashqari, "Real" forvardi Karim Benzema va "Vilyarreal" hujumchisi Jerar Moreno da’vogarlik qilishayotgan edi.
20 yoshli norvegiyalik futbolchi sentyabrda La Liganing 4 ta bahsida ishtirok etib, bitta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar