"Real" yaqindagina dubl muallifi bo‘lgan himoyachini nishonga oldi
"Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven yaqin vaqtlarda Madridning "Real" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi" asosan erkin agent maqomidagi himoyachilarni kuzatmoqda, ammo Van de Venga bo‘lgan qiziqish ham saqlanib qolgan.
Shu bilan birga, "Real" uni sotib olish oson bo‘lmasligini tushunib turibdi — chunki "Tottenxem" uni 2023 yili qariyb 50 million evro evaziga xarid qilgan edi.
24 yoshli niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.



Fikrlar