"Real" "yaponiyalik Messi"ni ijaraga berib yuboradi

  • 3 avgust, 2019, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yozgi transferlar davrida "Real"ga ko‘chib o‘tgan futbolchi Takefusa Kubo yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 18 yoshli futbolchining xizmatlariga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda. Ular orasida "Valyadolid" ham bor. “Qirollik klubi” esa uni keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga bermoqchi.

Gap gundaki, Kuboda Evropa ittifoqi fuqaroligi yo‘q. Shu bois “Real” limit cheklangani sabab uni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Kuboni “Tokio” klubidan 2 mln evro evaziga sotib olgan edi. “Yaponiyalik Messi” esa madridliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!