"Real" yaponiyalik futbolchisini sotmoqda

  • 19 iyul, 2022, 09:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Takefusa Kubo "Real Sosedad"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 21 yoshli yaponiyalik futbolchi yaqin soatlarda basklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shu bilan birga, madridliklar "Sosedad"ga Kuboning transfer huquqlarining faqat yarmini - 6,5 million evroga sotadi.

Yarim himoyachining o‘zi esa "Sosedad" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

So‘nggi uch yil davomida Kubo "Malorka" (ikki marta), "Xetafe" va "Vilyarreal"da ijara asosida o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!