“Real” yanvarda ikkita o‘yinchi oladi

  • 20 noyabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” qishki transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Rahbariyatining bunday qarorga kelishiga jamoada jarohatlangan o‘yinchilarning ko‘payib ketgani sabab bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda jarohat tufayli Tibo Kurtua, Eder Militao, Dani Sebalos, Orelen Tchuameni, Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga va Vinisius Junior kabi asosiy tarkib vakillari jamoaga yordam bera olmaydi.

Todofichajes nashri “Qirollik klubi” mutasaddilari yanvarda maydon markazida o‘ynay oladigan universal futbolchi va ko‘p gol ura oladigan hujumchi olishni mo‘ljallayotgani haqida xabar tarqatdi.

Shunga qaramay, “Real” hali o‘zi istagan o‘yinchilarni topa olgani yo‘q. Qidiruv davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!