
“Real”: Xoland va Mbappe o‘rnini bosadigani bor!
“Real” yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon sifatida Kilian Mbappe va Erling Xolandni olishni maqsad qilgan. Biroq, klubning moliyaviy ahvoli bunga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
“Qirollik klubi” yozda bir necha futbolchilarni sotishni rejalashtirgan. Lekin bu ham supertransferni amalga oshirish imkonini bermasligi ehtimoli katta. Shuning uchun madridliklar zaxira variantini ham tayyorlab qo‘ydi.
Unga ko‘ra, Zinedin Zidan jamoaga Romelu Lukakuni oladi, klub esa “Inter”ga manfaatli taklif tayyorlamoqda. Milanliklar ham moliyaviy vaziyat tufayli ikki yulduzi – Lautaro Martines va Romelu Lukakudan birini sotishni taqozo etmoqda.
Joriy mavsumda A Seriyada 26 ta o‘yinda 19 ta gol urib, sakkizta golli pas uzatgan belgiyalik hujumchining transfer summasi 90 million evroni tashkil qilmoqda. Bu summa pasaytirilishi ham mumkin. Mbappe va Xolandni olish uchun 180 million evro kerak bo‘ladi. Qolaversa, yosh hujumchilarning maoshi Lukakunikidan ancha baland bo‘ladi.
Fikrlar