
“Real” xo‘jayini “Barsa”dan uchralgan mag‘lubiyat aybdorini haydayapti
“Real” Ispaniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda “Barselona”dan 2:5 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
Defensa Central nashrining yozishicha, bu mag‘lubiyat klub xo‘jayini Florentino Peresga juda og‘ir botdi va natija jamoa buning oqibatlarini ko‘radi.
Manbaga ko‘ra, Florentino Peres bu uchrashuvda Lukas Vaskesning o‘yinidan jumbushga kelgan. O‘ng qanotni ushlab tura olmagan himoyachiklub xo‘jayinining tanqidiga duchor bo‘ldi. Boy berilgan bahsdan keyin Peres tajribali o‘yinchidan voz kechdi va bu pozitsiyaga “Liverpul” vakili Trent Aleksander-Arnoldni olib kelish bo‘yicha yakuniy qarorini tasdiqladi.
33 yoshli Lukas Vaskes klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “Real”ning asosiy jamoasida 2015 yildan beri to‘p tepib kelmoqda.
Uning shartnomasi yozda tugaydi va Florentino Peres qaroriga ko‘ra, qanot himoyachisiga yangi bitim taklif etilmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar