“Real” voz kechayotgan yulduzga uchta superklub da’vogar

  • 18 yanvar, 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Orelen Tchuameni bilan xayrlashishga qaror qilgan. Madridliklarga futbolchi talab darajasida o‘ynay olmayotgani yoqmadi.

Tecno

23 yoshli futbolchi ishsiz qolmaydigan bo‘lyapti. Evropaning uchta yirik klubi Orelenga ish berishga tayyor.

“Pari Sen-Jermen”: Parij klubi tarkibini mahalliy o‘yinchilar bilan kuchaytirish siyosatini olib bormoqda. Bosh murabbiyLuis Enrike agar klub Tchuamenini olsa, Orelen jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanishiga ishonch bildiryapti.

“Liverpul”: Angliya superklubi Orelenni o‘yinchi “Real”ga o‘tishidan oldin ham sinchkovlik bilan kuzatib kelgan. Bosh murabbiy Arne Slot kelasi mavsum oldidan tarkibni maydon markazini ushlab turadigan o‘yinchi bilan kuchaytirishni ma’qul ko‘rmoqda.

“Manchester Siti”: Xosep Gvardiola jamoa etakchisi Rodrining yo‘qligi jamoa natijalariga jiddiy tarzda salbiy ta’sir o‘tkazganini inobatga olib, maydon markaziga Orelen Tchuamenini olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!