"Real" va "Liverpul" PSJ yulduzi uchun da’vogar

  • 31 oktabr, 2024, 20:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ qanot himoyachisi Ashraf Hakimiga turli xil mamlakatlarning kuchli klublari qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Transfer News Live xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga "Manchester Siti", "Liverpul" va "Real" qiziqish bildirmoqda.

"Liverpul" Ashrafga qiziqishiga sabab, Trent Aleksandr-Arnold jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini marokashlik fulbek bilan yopishmoqchi. "Real" bo‘lsa, Trentni erkin agent sifatida o‘z saflariga qo‘shib olish o‘xshamasa, o‘zlarining sobiq futbolchilarini Parij klubidan xarid qilishlari mumkin.

Hakimining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!