
“Real” ustozi soliqchilardan qochib yurgan ekan, “qo‘lga tushdi”...
“Real”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Karlo Anchelotti soliqdan qarzdor ekani aniqlandi.
Ispaniya soliq boshqarmasi “qirollik klubi” rahbariyatida Anchelottining 1,4 million evro miqdoridagi maoshini ushlab qolib, g‘aznaga qaytarishni talab qilmoqda. Aniqlanishicha, tajribali mutaxassis 2013-2015 yillardagi daromadidan shuncha miqdordagi soliqni to‘lamay kelmoqda.
Ayni paytda Karlo Anchelotti 23 iyul kuni sudga kelishi talab etilmoqda.
Bu murabbiy “Real”dan ketganidan keyin “Bavariya”, “Napoli” va “Everton”da ishlab, yana Madridga qaytib keldi.
Fikrlar