
“Real” transferni blokladi
“Real” mutasaddilari yozgi transferlar davrida iqtidorli markaziy himoyachi Diego Aguadoning transferini bloklashga qaror qildi.
18 yoshli futbolchini “Borussiya Dortmund” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan edi. Bundan tashqari, Evropaning bir necha klublari ham Aguadoga ko‘z tikayotgandi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, yangi bosh murabbiy Xabi Alonso yosh himoyachini o‘z nazoratiga olgan. Ispaniyalik mutaxassis Aguadoning o‘sishini shaxsan kuzatib bormoqda.
Xabi Alonso yangi mavsum davomida Diegoni birinchi jamoa o‘yinlariga sekin-asta jalb etishni mo‘ljallayotgani aytilmoqda. Diego Aguado Madrid klubining asosiy tarkibida bir marta maydonga tushgan xolos.
Markaziy himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali ekspertlari Aguadoni bir million evroga baholayapti.
Fikrlar