“Real” tarkibi qancha turadi? “Barsa”nikichi?
Transfermarkt portali La Liga klublarida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer narxlari yangiladi. Buning ortidan Ispaniya chempionati yuqori divizionida ishtirok etayotgan klublarning umumiy narxlarida ham o‘zgarish bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, bugungi kunda Ispaniyada eng qimmat tarkibga ega jamoa “Real” bo‘lib turibdi. “Qirollik klubi” bilan shartnomaga ega futbolchilarning umumiy narxi 1,4 milliard evroni tashkil qildi.
Amaldagi chempion “Barselona” tarkibiga ham havas qilsa arziydi. Germaniyalik bosh murabbiy Xans-Diter Flik umumiy qiymati 1,1 milliard evro bo‘lgan jamoaga ustozlik qilmoqda.
“Real” va “Barselona” bilan bir necha yildan buyon raqobatlashib kelayotgan “Atletiko” jamoasi o‘zida jami 624 million evro turadigan futbolchilarni jamlagan.
Asosan bask millatiga mansub charm to‘p ustalariga tayanadigan “Atletik Bilbao”da bugungi kunda 370 million evrolik tarkib o‘ynayapti. Kuchli beshlikka kirgan “Vilyarreal”ning jami o‘yinchilarining narxini qo‘shib hisoblaganda, bu summa 284 million evroni tashkil qildi.



Fikrlar