"Real" sobiq yulduzi o‘rniga ikkita nomzod topdi

  • 12 avgust, 2021, 15:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Real" himoyachisi Rafael Varan "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi va APLga yo‘l oldi.

Tecno

Madrid klubida frantsiyalik futbolchining o‘rnini bosish uchun ikkita variant mavjud. "Qaymoqranglilar" ro‘yxatida "Vilyarreal" a’zosi Pau Torres hamda "Sevilya" vakili Jyul Kunde bor.

"Sariq suvosti kemasi" ispaniyalik himoyachini 65 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan. Kundening transferi esa, 80 million evroga baholanmoqda. "Real"ga ularning har ikkisini shu summaga sotib olish muammo tug‘dirishi mumkin. Biroq narx biroz kamaytirilsa, kelishuv amalga oshishi ehtimoli katta.

Florentino Peresning asosiy maqsadi PSJ yulduzi Kilian Mbappe bo‘lib turibdi va klub uni shu yozdayoq Madridga olib kelmoqchi. Agar bu transfer amalga oshmasa, "qirollik klubi" istagan himoyachisini xarid qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!