
“Real” sobiq murabbiyi: “Ispaniya zerikarli tiki-takani tugatdi”
Sobiq bosh murabbiy Fabio Kapello Ispaniya terma jamoasining “Evro-2024”dagi o‘yiniga baho berdi.
“Hozircha Evroda Ispaniya tezligi va aniqligi bilan yaqqol ajralib turibdi. Ular zerikarli tiki-taka o‘rniga boshqa qiziqarliroq o‘yin usulini ishlatishyapti.
Italiya termasi uchun afsusdaman, biroq biz va muxlislarga hujumkor, tezkor va agressiv “La roxa” usulidagi futbol yoqadi”,-dedi “Real Madrid”, “Yuventus”, “Roma” va Angliya terma jamoalari sobiq murabbiyi Sky sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi “Evro-2024”ning 2-turida 6 ochko to‘plab, pley-off bosqichini hal qildi.
Fikrlar