
"Real" Rodrini yozdayoq olishga harakat qilishi mumkin
Madridning "Real" klubi joriy yozda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" yozgi transferlar oynasi yopilishiga yaqin manchesterliklarga jozibador taklif bilan chiqishi mumkin. Shuningdek, ular kelasi yozda, ya’ni futbolchining amaldagi shartnomasi tugashidan bir yil oldin ham uni olishga urinishi mumkin.
Agar "Real" Rodrini aynan shu yozda sotib olishga qaror qilsa, transfer narxi kamida 100 million evro bo‘lishi kutilmoqda. Bunda, uning yaqindagi tizzasidan olgan jarohati tufayli hali ham to‘liq formaga qaytmagani sabab, "Siti" klubi bunday taklifni ko‘rib chiqishi mumkin. Kelasi yil esa futbolchining narxi 60–80 million evro atrofiga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rodrining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar