
"Real" Ramos o‘rniga 65 mln evrolik futbolchini sotib olishi mumkin
"Real" o‘z etakchisi Serxio Ramosning yoshi o‘tib borayotganligi tufayli himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, nomzodlardan biri "Vilyarreal" futbolchisi Pau Torres hisoblanadi. 24 yoshli himoyachi avvaliga 50 mln evroga baholanayotgandi. Biroq Evropa Ligasidagi ishonchli harakatlaridan keyin uning narxi 65 mln evroga qadar o‘sishga erishdi.
"Qirollik klubi" va "sariq suvosti kemasi" o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi bo‘lganligi uchun bu summa kamaytirilishi mumkin. Ispaniyalik fulbekning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgaga amal qiladi.
Fikrlar