“Real” prezidenti Mbappe bo‘yicha kutilmagan xabar aytdi

  • 21 may, 2022, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning 23 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real”ga ko‘chib o‘tmaydi. Buni klub prezidenti Florentino Peres chempionatning so‘nggi uchrashuvidan keyin futbolchilarga ma’lum qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Gilem Balage xabar tarqatdi.

Tecno

- Menga klub ichidagi manbalarim Florentino Peres o‘yinchilarga Kilian Mbappe “Real”ga o‘tmasligini ma’lum qilganini xabar berishdi. Endi buni Mbappening o‘zi tasdiqlashini kutishimiz kerak, - dedi Gilem Balage.

Ma’lumki, PSJ o‘z yulduzini ushlab qolish uchun oxirigacha kurashdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar Mbappening jamoada qolishi uchun 300 million evro bonus va yiliga 100 million evro maosh taklif qilganidan keyin o‘yinchi “Real”ga o‘tish fikridan qaytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!