
“Real” o‘ziga kerakli futbolchini topdi
“Real” rahbariyati frantsiyalik himoyachi Dayo Upamekano nomzodiga qaytdi. Madridliklar bu futbolchini ancha oldin transfer qilishni istagandi.
Biroq Dayo o‘tgan yili “Bavariya” taklifini qabul qilib, “Leyptsig”dan myunxenliklar safiga qo‘shildi.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun aynan Upamekanoni olib kelish, deb hisoblamoqda.
23 yoshli himoyachi jjoriy mavsumda barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar