
“Real” o‘zi qidirgan futbolchini Qatardan topdi
Qatardagi jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi safida o‘zini ko‘rsatgan Jeremi Frimpong faoliyatini “Real”da davom ettirishi kutilmoqda.
Madridliklar “Bayer” himoyachisini yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Defensa Central nashrining yozishicha, “Real” 22 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishi bilan unga da’vogarlik qilayotgan klublar orasida favoritga aylandi.
Ayni paytda Frimpongni transfer qilish maqsadida “Yuventus” va “Manchester Yunayted” ham ish olib bormoqda. Lekin bu ikki jamoa ham raqobat bobida “Real”ga teng kela olmaydi.
Fikrlar