“Real” “Oltin to‘p” sohibiga shartnoma beradi

  • 9 dekabr, 2021, 11:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini 2008 yildan beri faqat ikki futbolchi – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘zaro bo‘lishib olayotmoqda. Faqatgina bir bor – 2018 yili xorvatiyalik Luka Modrich bu sovrinni so‘nggi davrning ikki yulduzidan tortib olgan xolos.

Tecno

“Real” aynan mana shu futbolchiga yangi shartnoma beradigan bo‘ldi. Odatda, “Qirollik klubi” 30 yoshdan o‘tgan futbolchilar bilan hamkorlikni davom ettirishda juda ehtiyotkor bo‘ladi. 36 yoshli Luka Modrich bundan mustasno. O‘tgan yili ham klub xorvatiyalik yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.

Endi ular yuqori sport formasini ushlab turgan o‘yinchi bilan yana bir yillik bitim tuzishni rejalashtiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!