
“Real” oladigan superto‘purarlar nomi aniq bo‘ldi
“Real” yozda hujum chizig‘ini qayta tashkil qiladi. Chunki asosiy to‘purar Karim Benzemaga qo‘shilib, jamoa Eden Azar, Mariano Dias va Marko Asensio tark etdi.
The Guardian nashrining ta’kidlashicha, madridliklar Karim Benzemaning o‘rniga asosiy nomzod sifatida Harri Keynni tanlagan. 29 yoshli futbolchining “Tottenxem” bilan bir yillik shartnomasi qolgan va yozda uni transfer qilish imkoni bor.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” Evropa futbolida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan bir necha forvardlardan iborat ro‘yxat tuzdi.
Unga “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen, “Inter” etakchisi Lautaro Martines, “Chelsi”dan ketish ilinjida yurgan Kay Xaverts va “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlaxovich kiritilgan.
Fikrlar