
"Real" muxlislari uchun xushxabar! Alaba "Siti"ga qarshi o‘yingacha safga qaytadi
"Real" futbolchisi David Alaba tez orada safga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, himoyachi EChL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi va Ispaniya kubogi finalida "Osasuna" bilan bo‘ladigan o‘yinlarda jamoasiga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Osasuna" o‘yini 7 may kuni 01:00 da boshlansa, "Siti"ga qarshi bahs 10 may kuni 00:00 da start oladi.
Fikrlar