
"Real" murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri APL klubini boshqarish taklifini rad etdi
"Real" ning afsonaviy hujumchisi va hozirda "Kastilya" bosh murabbiyi Raul Gonsales Angliyaning "Lids" klubini boshqarishi mumkin edi. Premer-liga klubi vakillari ispaniyalik mutaxassisga taklif bilan chiqishdi, biroq ispaniyalik mutaxassis rad javobini berdi, deya xabar beradi "AS" nashri.
Raul kelajakda "Real"ning asosiy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash imkoniyatini saqlab qolish uchun "qirollik klubi" tizimida ishlashni davom ettirmoqchi. Ayni damda "qaymoqranglilar"ning ustozi italiyalik Karlo Anchelotti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Jessi Marsh "Lids" bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. "Tovuslar" hozirda chempionat turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar