
"Real" muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish arafasida
Madridning "Real" klubi Tibo Kurtua bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirish niyatida.
"Qirollik klubi" belgiyalik darvozabon Kurtua bilan amaldagi shartnomani yana ikki mavsumga uzaytirish niyatida. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli golkiperga 2028 yilgacha bo‘lgan yangi kelishuv taklif qilingan. Klub rahbariyati Kurtuani hali ham asosiy darvozabon sifatida ko‘rmoqda va uni bu pozitsiya uchun eng yaxshi nomzod deb hisoblashmoqda.
Qolaversa, "Real" bu gal o‘zining an’anaviy qoidasidan chetga chiqmoqda. Oddiy holda klub 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan faqat bir yillik shartnomalar tuzadi. Ammo Kurtua holatida istisno qilinmoqda.
Hozircha tomonlar rasmiy ravishda imzo chekmagan, ammo muzokaralar bir necha vaqtdan beri olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Tibo 2018 yili "Real" safiga qo‘shilgan va 2021 yili klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar