
“Real” “Messi”ga zo‘r jamoa topdi
“Yaponiyalik Messi” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Takefuso Kubo yaqinda “Qirollik klubi”ga murojaat qilib,”Vilyarreal”dagi vaziyatdan norozi ekani va o‘ziga boshqa jamoa topib berishni so‘ragan edi.
Madridliklar “Vilyarreal”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchisining murojaatini bee’tibor qoldirmadi.
Endi 19 yoshli yapon futbolchisi qishda “Betis”ga o‘tadigan bo‘lyapti. Bu jamoa iste’dodli futbolchini muntazam maydonga tushirilishini kafolatlayapti. Hozir tomonlar ijara bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Fikrlar