“Real” mashhur yulduz transferidan voz kechdi
Madridning “Real” klubi Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”ning markaziy himoyachisi Ibrohim Konateni olish fikridan qaytdi.
Bunga frantsiyalik futbolchining o‘yinida pasayish boshlangani va uning sport formasi superklub talabi doirasida emasligi sabab bo‘ldi.
Goal hamda The Athletic kabi nashrlarining xabar berishicha, madridliklar o‘z qarorini mersisaydliklarga allaqachon ma’lum qilgan.
“Real” tutgan yo‘l Konatening kelajagiga bevosita ta’sir qiladi. Chunki 26 yoshli himoyachi Madrid klubiga yo‘l olish ilinjida “Liverpul” bilan yakunlanib borayotgan shartnomani uzaytirmay kelayotgan edi.
Endi “Liverpul” vakillari tajribali himoyachiga qaytadan shartnoma taklif qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Joriy mavsumda Konate barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evrori tashkil qilmoqda.



Fikrlar