
"Real" markaziy himoyachisida koronavirus aniqlandi
"Real" jamoasida yana kadrlar muammosi yuzaga kelmoqda.
Bu safar markaziy himoyachi Eder Militao koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi. "Marca" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi darhol izolyatsiyaga olingan va bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmagan. "Qirollik klubi"ni ertaga EChL doirasida "Inter"ga qarshi muhim bahs kutib turibdi.
Avvalroq, himoyaning boshqa vakillari - Dani Karvaxal va Alvaro Odriosola jarohat olib, safdan chiqqan edi. Shuningdek, qanot himoyasida harakat qilishga majbur bo‘layotgan Lukas Vaskes ham La Liga so‘nggi turida jarohat olib, maydonni erta tark etishiga to‘g‘ri kelgandi.
Fikrlar