"Real" "Manchester Siti"ning rejalarini buzib tashlashi mumkin

  • 20 oktabr, 2024, 13:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning “Torino” klubi himoyachi yarim himoyachisi Samuele Richchi Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni - “Manchester Siti”ning "radariga tushdi".

Todofichajes portalining xabariga ko‘ra, "shaharliklar" 23 yoshli italiyalik futbolchini jarohati tufayli mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydigan ispaniyalik Rodri Ernandesga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Richchining transfer narxi esa 28 million evroga baholanmoqda.

Samuele Richchiga shuningdek "Real" ham qiziqish bildirmoqda. "Los-Blankos" bu borada "Manchester Siti"ning rejalariga xalaqit berishi mumkin.

Richchi joriy mavsum "Torino" safida A Seriyada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi. Uning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!