
"Real Madrid"ning La Ligadagi ilk uchrashuvi qachon o‘tkazilishiga oydinlik kiritildi
Madridning "Real" klubi 1-tur doirasidagi "Osasuna"ga qarshi uchrashuvni 19 avgustdan 29 oktyabrga ko‘chirishni so‘ragan edi. Sabab sifatida jamoaning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi ko‘rsatilgan.
Biroq, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi sudyasi o‘z qarorini e’lon qildi va uchrashuv belgilangan sanasida qoldirildi.
"Klublar rostdan ham eng ko‘pi bilan 25 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. RFEF ma’lumotlariga ko‘ra, "Real Madrid" hozirda 23 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Klub o‘z xohishi bilan qolgan ikki o‘rindan foydalanmagan.
Shu sababdan, 23 nafar futbolchidan iborat jamoa mavjud ekani bois, futbolchilar yuklamasini boshqarish va jarohatlarning oldini olish kerak bo‘lsa-da, klub musobaqa taqvimiga mos keladigan etarlicha futbolchilarga ega", - deyiladi sud qaror matnida.
Fikrlar