
"Real Madrid"ning bu mavsumdagi eng qo‘pol o‘yinchisi kim?
Braziliyalik vinger Vinisius Junior "Alaves"ga qarshi o‘yinda hakam bilan bahslashgani uchun ogohlantirish olgan edi.
O‘sha bellashuvning 29-daqiqasida Vinisius Junior hakam bilan bahslashgani sababli sariq kartochka bilan jazolangan edi. O‘sha vaziyat uchun o‘z fikrini bildirgan forvard: "Raqiblar menga nisbatan butun o‘yin davomida qo‘pol o‘ynasa ham ular shunchaki og‘zaki ogoxlantiriladi holos. Men esa, birgina shuni hakamga gapirganim uchun sariq kartochka olaman" , - deb ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu kartochka Vinisiusning "Real Madrid" safida joriy mavsum 9 ta o‘yindagi to‘rtinchi sariq kartochkasi bo‘ldi va bu bilan 24 yoshli hujumchi o‘z jamoasining jng qo‘pol o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi.
Fikrlar