
"Real Madrid" yarim himoyachisi safdan chiqdi!
"Real"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga tovon jarohati sabab bir necha mashg‘ulotlarni, jumladan yakshanba kuni tongdagi yig‘inni ham o‘tkazib yubordi. Uning seshanba kuni Avstriyaning "Tirol" klubiga qarshi o‘tkaziladigan oxirgi mavsumoldi nazorat uchrashuvida ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
Jarohatning darajasi hali noma’lum, ammo bunday jarohatdan to‘liq tiklanish odatda bir necha hafta talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kamavinga 2024/25 yilgi mavsumning oxirgi olti uchrashuvini, jumladan Ispaniya Kubogi finalini ham mushakning uzilishi sabab, o‘tkazib yuborgan edi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ham ulgurmagan.
Fikrlar