
"Real Madrid" Salibadan hali hamon umidini uzmagan
Madridning "Real" klubi "Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba borasida kuzatuvni davom ettirmoqda. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, ispanlar frantsuz futbolchisining o‘tgan mavsumdagi o‘yinlaridan, xususan, Chempionlar ligasi chorak finalidagi harakatlaridan taassurotlangan. Ushbu bosqichda Saliba "qaymoqranglilar"ga qarshi o‘yinda Kilian Mbappega qarshi muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, 24 yoshli futbolchi "kanonirlar" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, ammo londonliklar shartnomani 2032 yilgacha uzaytirishni istamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Saliba barcha musobaqalarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer bahosi 80 million evroga teng.
Fikrlar