"Real Madrid" moliyaviy barqarorlik bo‘yicha yangi bosqichga chiqdi

  • 18 iyul, 00:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi 2024/25-moliyaviy yili bo‘yicha rasmiy hisobotini e’lon qildi. 

Tecno

Unga ko‘ra, klubning transferlarsiz tushgan umumiy daromadi 1,185 milliard evroni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10%ga ko‘p va klub tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Sof foyda ko‘rsatkichi 24,3 million evroni tashkil etdi — bu ham o‘tgan yilga nisbatan 56%ga oshgan. EBITDA (foydaning soliqlar, foizlar va amortizatsiyadan oldingi holati) 242,9 million evroni tashkil qilib, klub uchun yana bir rekord sifatida qayd etildi.

"Real"ning sof kapitali 598 million evroga etdi. Qarz/kapital nisbati 0 bo‘lib, bu madridliklarning moliyaviy jihatdan mukammal holatda ekanini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, klubning stadionni qayta qurish uchun olingan kreditlardan tashqari toza qarzi bor-yo‘g‘i 12 million evroni tashkil etmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!