"Real Madrid" himoyachisi tez orada safga qaytadi

  • 1 may, 19:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Eder Militao 2024 yil 9 noyabr kuni "Osasuna"ga qarshi o‘yinda (4:0) tizzasidagi to‘qnashgan bog‘lamlarni uzib olgan edi.

Tecno

AS nashrining xabar berishicha, Militaoning tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli ketmoqda – mart oyida u to‘p bilan mashqlarni boshladi va hozirda yuqori intensivlikdagi mashqlarni bajara olyapti. Yaqin kunlarda u "Real"ning umumiy guruh mashg‘ulotlarida qisman ishtirok etishi kutilmoqda. Militaoning to‘liq maydonga qaytishi may oyi oxiriga rejalashtirilgan.

Aytilishicha, u joriy mavsumda La Ligada to‘p tepishi ehtimoldan yiroq, ammo barcha ishoralar shunga ko‘rsatmoqdaki, braziliyalik futbolchi iyun-iyul oylarida AQShda o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga tayyor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Militaodan tashqari "Real"ning yana 4 asosiy himoyachisi – Karvaxal, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi va David Alaba ham jarohat olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!