“Real” “Liverpul” to‘purarini oladi

  • 24 fevral, 2022, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida “Liverpul” hujumchisi Sadio Maneni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Madridliklar anchadan beri senegallik o‘yinchini kuzatib keladi.

Tecno

Manening liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. AgarYurgen Klopp klub rahbariyatini bu hujumchi bilan yangi bitim imzolashga ko‘ndira olmasa, katta ehtimol bilan Mane yozda boshqa klubga sotib yuboriladi.

Yaqinda o‘tgan Afrika Millatlari kubogida Senegal terma jamoasining tarixda ilk bor chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan 29 yoshli hujumchi 80 million evroga baholanmoqda.

Mane joriy mavsumda barcha turnirlarda “Liverpul” uchun 29 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!