
“Real” kutayotgan yulduz kutilmaganda boshqa jamoani tanladi
“Borussiya” tarkibida porlayotgan Jud Bellingemning yozda bozori qaynaydi. 19 yoshli yarim himoyachining Ispaniya, Germaniya va Angliyaning grand klublari da’vogarlik qilmoqda.
Ular orasida “Real”ning imkoniyati yuqori baholanayotgan edi. Madridliklar Jud Bellingemni maydon markazida etakchilikni qo‘lga olishiga ishonmoqda.
Dortmundliklar madridliklar bilan do‘stona munosabatga ega bo‘lgani uchun “Real” Bellingem transferi bo‘yicha muzokaralarda boshqa raqobatchilardan ustun sanalmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” o‘z orzusidagi futbolchidan quruq qolishi mumkin. Jud Bellingem kelasi yoz Yurgen Klopp jamoasiga o‘tishga moyillik bildiryapti. Keyingi paytda “Liverpul” yarim himoyada jiddiy muammolarga to‘qnash kelayotgani bois, bu masalani Bellingem yordamida echishga qarshi emas.
Fikrlar