
“Real” Kroos o‘rniga ikki yulduzni tanladi
“Real”ning germaniyalik legioneri Toni Kroos tez orada boshlanadigan Evropa chempionatidan keyin professional faoliyatini tugatishini ma’lum qildi.
Bu qaror madridliklar uchun kutilmagan bo‘ldi. Klub 34 yoshli yarim himoyachiga yangi bitim taklif qilayotgan edi.
Endi “Qirollik klubi” Kroosga o‘rinbosar topishi kerak. AS nashrining yozishicha, Ispaniya chempioni ikki yulduzni ko‘zlayapti. Ulardan birinchisi nemis futboli vakili – “Bavariya”da o‘ynayotgan Yozua Kimmix, ikkinchisi “Manchester Siti”da o‘ynayotgan ispaniyalik Rodri.
Toni Kroos “Real” tarkibiga 2014 yili yozda “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘n yil davomida mog‘ir yarim himoyachi 463 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol va 98 ta assist muallifi bo‘ldi.
Bu futbolchi madridliklar safida to‘rt marotabadan Ispaniya chempionligi, Superkubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi, besh marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Fikrlar