“Real” ikki supertransfer bilan to‘xtamaymiz!

  • 1 iyun, 2022, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappedan quru qolgan “Real” mutasaddilari boshqa transferga e’tibor qaratmoqda. Ma’lumki, madridliklar “Chelsi”dan ketgan Antoni Ryudigerni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish masalasini ijobiy hal qilgan.

Tecno

Shuningdek, “Monako” yarim himoyachisi Orelen Chuamenining transferini 100 million evroga hal qilingani ham aytilmoqda.

Karlo Achelotti bu bilan to‘xtab qolmaydi. Italiyalik mutaxassis shu yozda bitta markaziy hujumchi va ikki nafar himoyachi sotib olmoqchi.

Bosh murabbiy talablarini bajarish uchun klub prezidenti Florentino Peres bir necha o‘yinchidan qutilmoqchi. Xususan, u ishonchni oqlamagan hujumchilar – Luka Yovich va Mariano Diasdan voz kechishga tayyor. Shuningdek, yarim himoyachilar Marko Asensio va Dani Sebalos bo‘yicha ham bir qarorga kelish kerak.

Zaxiradagi darvozaon Andrey Lunin ko‘proq o‘ynash uchun boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘ldi. Uning o‘rnini “Napoli” kiperi David Ospina egallaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!