
“Real” katta transferga tayyor
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Real” rahbariyati “Chelsi”da o‘ynayotgan o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeymsni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda madridliklarning o‘ng qanotini yopib turgan himoyachi Dani Karvaxal 30 yoshga to‘ldi. “Real” uning o‘rnini uzoq yillar davomida bildirmaydigan o‘yinchi qidirmoqda va bu pozitsiyaga Ris Jeyms nomzodini tanladi.
Ris Jeymsning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi ko‘p yillik bo‘lib, u 2028 yilning yarmigacha davom etadi.
Shu bois, “Qirollik klubi” bu himoyachini qo‘lga kiritish uchun “Chelsi”ga katta mablag‘ taklif qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar