
“Real” katta transferdan voz kechdi
“Qirollik klubi” mutasaddilari “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agent maqomini olgan Adrien Raboni jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.
AS nashrining yozishicha, ayrim sabablarga ko‘ra, madridliklar frantsiyalik yarim himoyachiga shartnoma taklif qilish fikridan qaytgan.
Avvalroq, Madridning yana bir klubi “Atletiko” 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatidan foydalanmaslikka qaror qilgandi.
Manbaning ta’kidlashicha, Adrien Raboga Angliyaning grand klublaridan qiziqish bor. “Manchester Yunayted” va “Liverpul” tajribali o‘yinchiga ish taklif qilishni mo‘ljallagan.
Rabo professional faoliyatini 2012 yili PSJda boshlagan. 2013 yilda yarim mavsum “Tuluza”da ijarada o‘ynagan.
2019 yili parijliklar bilan shartnomasi tugagan futbolchi erkin agent maqomida “Yuventus” bilan shartnoma imzolab, oxirgi besh yilni Turin superklubida o‘tkazdi.
Fikrlar