
“Real” katta maosh olayotgan yulduzdan voz kechadi
“Real” rahbariyati jamoa maoshlar fondini qisqartirish va aktivlarni bo‘shatish uchun avstriyalik himoyachi David Alabani shu yozda sotib yuborishga qaror qildi.
AS nashrining yozishicha, katta maosh olayotgan futbolchining o‘zi klubni tark etishga tayyor emas va shartnomasi yakunlangunga qadar Madridda qolmoqchiligini bildirdi.
Alabaning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Tajribali himoyachi kelasi yoz bo‘ladigan jahon chempionatigacha yuqori sport formasini tiklab olish uchun “Real”da qolishni ixtiyor etmoqda.
33 yoshli Alaba iyun oyi oxirida jarohat olgan va o‘yinchining kelajagi reabilitatsiya jarayoni natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, Alaba nafaqat Ispaniyada, balki butun Evropada eng katta maosh oladigan ikkinchi himoyachi hisoblanadi. Madrid superklubida esa, faqatgina Kilian Mbappe va Vinisius Junior Daviddan ko‘p mablag‘ oladi xolos.
Ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, David Alabaning haftalik maoshi 415 evroni tashkil qiladi.
Keyingi paytda Alabaning jamoaga deyarli yordami tegmayapti. Ketma-ket og‘ir jarohatlarga yo‘liqayotgan universal himoyachi o‘tgan mavsumda atigi 14 ta uchrashuvda qatnashdi.
Fikrlar